Vladimir Putin O‘zbekistonning ShHTga rahbarlik faoliyatini yuqori baholadi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning Rossiyaga bo‘lajak tashrifi ikki mamlakat hamkorligini chuqurlashtirishga xizmat qiladi, - dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonning ShHT rahbari vazifasida amalga oshirayotgan sa’y-harakatlariga yuqori baho berdi, jumladan tashkilotni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan amaliyotlar bo‘yicha ham.

“Biz O‘zbekiston bilan munosobatlarimizni yuqori baholaymiz, ular haqiqiy ittifoqchilik ruhida kechmoqda. Islom Abdug‘aniyevichning aprelda kutilayotgan tashrifi munosobatlarimizning yanada chuqurlashishi uchun xizmat qiladi”, — dedi Vladimir Putin ishonch yorliqlari topshirish marosimidan keyin.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning Rossiyaga rasmiy tashrifi ushbu yilning 25-26 aprelida kutilmoqda. Muhokama qilinishi kutilayotgan masalalar orasida O‘zbekiston harbiy kuchlarini zamonaviy qurol va uskunalar bilan ta’minlash masalasi ham bor.

Yangiliklar lentasi
0