“Uyda yolg‘iz” filmi rejissori Rod Deniyel olamdan o‘tdi

© Sputnik / Murad OrujovAtirgullar
Atirgullar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rod Deniyelning jonsiz tanasi Chikagodagi uyidan topilgan. Uning o‘limi sababi noma’lumligicha qolmoqda.

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. “Betxoven 2”, “Uyda yolg‘iz 4” kartinalari orqali mashhurlik qozongan amerikalik rejissyor Rod Deniyel 74 yoshida olamdan o‘tdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Assoshieyted Press asosida.

Rejissyor shanba kuni Chikagodagi uyida vofot etgan, deb xabar qilishgan Deniyelning qarindoshlari. O‘lim sababi noma’lumligicha qolmoqda.

Rod Deniyel Golivvuddagi faoliyatini "Radio Sinsinnati" komediya shousidan boshlagan. Uning eng mashhur kinokartinalari bu: Maykl Jey Foks ishtirokidagi “Bo‘ri bolasi”(“Volchonok”), “Betxoven 2” va “Uyda yolg‘iz 4” kartinalaridir.

Deniyel kinoolamidagi faoliyatini 2003-yilda yakunlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0