Farg‘onadan 80 nafar MDH davlatlari fuqarolari chiqarib yuborildi

Obuna bo‘lish
Yil boshidan buyon Farg‘ona viloyatidan ro‘yhatdan o‘tkazishni so‘rab ariza yo‘llagan chet el fuqarolari soni 2 ming kishini tashkil etdi, ularning teng yarmi Rossiya vakillaridir.

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Yilning birinchi choragi davomida MDH davlatlarining 80dan ortiq fuqarolari mamlakat hududida bo‘lish qoidalarini buzganliklari uchun Farg‘ona viloyatidan chiqarib yuborildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga huquqni muhofaza qilish organidan manba.

O‘zbekiston chegarasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV 261 nafar chet ellikni mamlakatdan chiqarib yubordi

Mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan chet elliklarning aksariyat qismini Qirg‘iziston fuqarolari(37 kishi) va tojikistonliklar(15 kishi) tashkil qildi.

"2016 yilning birinchi choragida Farg‘ona viloyatining kirish chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga vaqtinchalik ro‘yhatdan o‘tkazishni so‘rab 2.2 mingdan ziyod MDH fuqarolari murojaat qilishgan. Ulardan 921 nafari Rossiya fuqarolari, 572 nafari Qirg‘iziston fuqarolari va 555 nafari Tojikiston fuqarolaridir” dedi manba.

Tekshiruvlar natijasida, 182 shaxs tomonidan pasport-viza rejimining buzilishi holatlari aniqlangan. Ulardan 42 nafari Qirg‘iziston fuqarolari, 33 nafari Tojikiston fuqarolari va 89 nafari fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ekanligi ma’lum.

Barcha aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan tegishli ma’muriy chora-tadbirlar ko‘rilgan, shu jumladan, jarimalar belgilangan. Suhbatdoshning so‘zlariga qaraganda, yilning birinchi choragida 97 shaxsdan undirilgan jarima miqdori 41 milliondan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0