Rossiya yoshlari ekspeditsiyasi Arktikaga yo‘l oldi

© Commons.wikimedia / Brocken InagloryArktika
Arktika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspeditsiya a’zolari Rossiyaning muzlarda ko‘chib yuradigan “Barneo” stansiyasiga uchib kelishdi. Ularning tajribali sayyoh Matvey Shparo rahbarligidagi Shimoliy Qutbga sayohati shu yerdan boshlanishi kutilmoqda.

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Rossiyaning yoshlardan iborat ekspeditsiyasi Artktikaga yo‘l oldi — sayyoraning eng shimoliy nuqtasiga sayohat aynan o‘sha yoqdan boshlanadi, deb xabar qildi seshanba kuni Rossiya Fan va ta’lim vazirligi.

"O‘n to‘qqizinchi aprel kuni Rossiyaning “Shimoliy qutbga chang‘ilarda!” IX yoshlar jamoasi Arktikaga yo‘l oldi. Yosh qutbchilar tajribali sayyoh Matvey Shparo rahbarligida Arktikadagi suzuvchi stansiya – “Barneo”ga uchib ketishdi. Ekspeditsiya Shimoliy Qutbga tomon sayohatni aynan o‘sha yerdan boshlaydilar”, — deyilgan xabar matnida.

Yoshlar ekspeditsiyasi Rossiya Fan va ta’lim vazirligi homiyligida o‘tkazilmoqda. 2015-yilda qutbga sayohat muassasa rahbari Dmitriy Livanov boshchiligida o‘tkazilgan edi.

"Ilk marotaba jamoani saralashda nomzodlarning jismoniy tayyorgarligi bilan birga o‘qishdagi mvaffaqiyatlariga ham e’tibor qaratildi. 2016-yilda jamoaga kadet korpusi tarbiyalanuvchilari ko‘proq qabul qilindi",  — deb ta’kidlashdi vazirlikda.

Bu yilgi jamoa Moskva, Sankt-Peterburg, Kirov, Kemerovo, Vologda, Chelyabinsk va Xabarovsk shaharlaridan bo‘lgan 16-17 yoshlardagi 7 nafar yosh kadetlardan tuzilgan. Uch qiz va to‘rt yigit 7 kun ichida ko‘chib yuruvchi muzlar orqali yuz kilometrlik masofani bosib o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0