Bugun Vladimir Putin O‘zbekiston elchisining ishonch yorlig‘ini qabul qiladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMoskva, Kreml, Katta Kreml saroyi
Moskva, Kreml, Katta Kreml saroyi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Rossiyadagi yangi elchisi Bahrom Ashrafxonov Moskvadagi O‘zbekiston diplomatik missiyasini 2016-yilning fevralidan buyon boshqarmoqda.

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonning Rossiyadagi  elchisi Bahrom Ashrafxonovning va yana boshqa mamalkatlarning 15 elchilarining ishonch yorlig‘ini qabul qiladi, Kreml matbuot xizmati xabari asosida.   

"2016 yilning 20-aprelida Rossiya Federatsiyasi prezidenti V.V. Putin bir necha chet el elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qiladi. Marosim odatdagidek Katta Kreml saroyining Aleksandr zalida bo‘lib o‘tadi”, — deyilgan xabarda.  

Marosimda 16 mamlakatdan kelgan yangi elchilar qatnashadi. Ular orasida O‘zbekiston, Moldova, Tailand, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Boliviya, va Gabon respublikalari bor.  

Yangi kelgan elchilar qatorida Hindiston, Urugvay, Avstraliya, Pokiston, Mongoliya, Qirg‘iziston, Indoneziya va boshqalar ham bor.

 

Yangiliklar lentasi
0