TOShKENT, 19 apr — Sputnik. "Vostochniy" kosmodromi raketalar uchirishga 20-apreldan boshlab tayor bo‘ladi, dedi Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Rogozin.
“Reja bo‘yicha raketa 27-aprelda Moskva vaqti bilan soat 05:00 da uchirilishi kerak bo‘lsada, biz ertadan boshlab uni uchirishga tayor bo‘lamiz”, — dedi Rogozin Rossiya Mashinasozlar ittifoqi majlisida.
"Vostochniy" kosmodromi Amursk viloyatining Siolkovskiy (oldin Uglegorsk) shahri yaqinida 2012-yildan beri qurilmoqda. U birinchi milliy kosmodrom bo‘lib, Rossiyaning kosmosga erkin chiqishishga yo‘l ochib beradi.
Kelajakda kosmodromdan yiliga sakkiz-o‘n raketa uchirilishi ko‘zda tutilgan. Xalqaro kosmik stansiyaga birinchi boshqariladigan uchish 2023-yildan keyin rejalashtirilgan.