Shayx-ul-islom “nemischa islom” g‘oyasi yaratilishini tanqid ostiga oldi

© Upravlenie musulman KavkazaShayx-ul-islom Gaji Allohshukur Poshozoda
Shayx-ul-islom Gaji Allohshukur Poshozoda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shunday kuchlar borki, ular islom dinidan o‘z siyosiy ambitsiyalari yo‘lida foydalanishga harakat qilmoqda, natijada, keyingi paytlarda G‘arbda islomofobiya kayfiyati qayta jonlandi, deb ta’kidladi Kavkaz Musulmonlari Boshqarmasi rahbari.

Germaniya nasroniy-ijtimoiy uyushmasi Bosh kotibi Andreas Shoyer mamlakatda islom haqida qonun qabul qilish zarur, degan bayonot bilan chiqdi. Shoyerning fikricha, ushbu qonun mamlakatda faoliyat yuritib turgan masjidlarning chet davlatlardan moliyaviy ko‘mak olishini ta’qiqlashi lozim. Bundan tashqari, masjidlarda so‘zlashuv tili nemis tili bo‘lishi darkor, qolaversa, Yevropada islomning alohida bir oqimini yaratish kerak. Ushbu masalaga izoh olish maqsadida, Sputnik Ozarbayjon Kavkaz Musulmonlar Boshqarmasi raisi shayx-ul-islom Gaji Allohshukur Poshozodaga murojaat qildi.

— Kakaz musulmonlar Boshqarmasi Yevropada yangi musulmonlar oqimi yaratilishi g‘oyasini qanday baholaydi?
— Bismillohi rahmoni rahim! Ma’lumki, Alloh taolo insonlarga O‘zi yuborgan haq dinning asosi qilib  Qur’onni nozil qildi, so‘ngra bu Qur’onni insonlarga keng tushuntirib, bayon qilib berish uchun Muhammad s.a.v. ni  vakil qildi. U zot esa bu vazifani ado etishda o‘z nafsidan emas, balki ilohiy ilhom bilan gapirardilar.  Demakki, islom nomidan  siyosiy kurash uchun foydalanilayotgan diniy oqimlar musulmon yo‘nalishidagi oqimlar, deb atalishi mumkin emas.
— Bunday g‘oya paydo bo‘lishining sababi sizningcha, nimada?
— Mening fikrimcha, bularning barchasi dindan, jumladan, islom dinidan o‘z siyosiy ambitsiyalarini hayotga tatbiq etishga urinayotgan kuchlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Natijada esa, G‘arbda keyingi vaqtlarda islomofobiya kayfiyati kuchayib bormoqda.

— Yevropada, shu jumladan, Germaniyada yashab kelayotgan musulmonlar G‘arb qadriyatini targ‘ib qilishi kerakmi?
—  Yevropa qadriyati Yevropa mamlakatlari qonunchiligida o‘z aksini topgan. Yevropada istiqomat qilib kelayotgan musulmonlar o‘zlari yashayotgan mamlakat qonunlarini hurmat qilishlari lozim. Ammo, shu bilan birga, islomiy qadriyatlar ham zarar ko‘rishi kerak emas.
— Musulmonlar namozni nemis tilida o‘qishlari yoki imomlar o‘z faoliyatini biror bir yevropa tilida olib borishlari holatini qanday baholaysiz? Bu normal holatmi?
— Namoz o‘qish Alloh tomonidan amr qilingan va uni Alloh buyurgandek to‘kis va mukammal tarzda – ya’ni, arab tilida ado etish lozim. Oyatlarning boshqa tillarga tarjimasi esa Allohning so‘zlari emas, balki — tafsirdir. Har bir xalq hutbani o‘z tilida tinglashi mumkin.
— Germaniyada faoliyat yuritayotgan masjidlar va musulmon bolalar bog‘chalarining chet eldan moliyaviy ko‘mak olishiga qarshi qaratilgan harakatlarga qanday qaraysiz?
— Har bir davlat o‘z imkoniyati doirasida o‘z fuqarolarining ahloqiy-diniy hayotida ishtirok etishi, shu jumladan, madaniy-ahloqiy ehtiyojlarini qondirishda, moliyaviy ko‘mak berishi lozim. Agar bu yo‘nalishda moddiy ehtiyojlar qondirilsa, chet eldan moliyaviy ko‘mak olishga bo‘lgan ehtiyoj o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.

Germaniya nasroniy-ijtimoiy uyushma Bosh kotibi Andreas Shoyer mamlakatda islom dini to‘g‘risida qonun qabul qilish lozimligi ta’kidi bilan  chiqdi. Uning fikriga ko‘ra, ushbu qonun mamlakatda faoliyat yuritayotgan masjidlarning chet eldan ko‘mak olishini ta’qiqlashi lozim.
"Masjidlarga hamda musulmon bolalar bog‘chalariga chet eldan, shu jumladan Turkiya hamda Saudiya Arabistonidan moliyaviy ko‘mak olishni ta’qiqlash lozim. Barcha imomlar Germaniyada tahsil olishlari va nemis qadriyatlarini targ‘ib qilishlari lozim”, — deya bayonot qildi siyosatchi.
Bundan tashqari Germaniyadagi masjidlarda muloqot tili nemis tili bo‘lishi, hamda Yevropada alohida islomiy oqim yaratilishi lozimligi aytilmoqda. Germaniya kansleri Angela Merkel ushbu taklifni ma’qulladi va u Bundestagga muhokamaga qo‘yilishi aytdi.

Yangiliklar lentasi
0