«Toshkent-Buxoro” tezurar poyezdi 25-avgustdan ishga tushadi

Obuna bo‘lish
Toshkent – Buxoro tezurar poyezdi ishga tushganidan keyin yo‘lga sarflanadigan vaqt ikki barobar qisqaradi.

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Ushbu yilning 20-avgustidan boshlab O‘zbekistonda “Toshkent-Buxoro” yangi tezurar temir yo‘l poyezdi ishga tushirilmoqda. Bu haqda jurnalistlarga O‘zbekiston  bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev xabar berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, 20-avgust kuni yangi temir yo‘lining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi va sinov poyezdi yurishi boshlanadi. 25-avgustdan boshlab Toshkent va Buxoro orasida doimiy tezurar temir yo‘l harakati boshlanadi.

Yangi temir yo‘l yo‘nalishining umumiy qiymati 400 mln dollardan oshdi. Yo‘nalish ishga tushganidan keyin yo‘lovchilar va yuk tashish vaqti uch soatga qisqaradi, tashish xarajatlari esa – 30 %ga qisqaradi.

Ushbu yo‘nalishdan samarali foydalanish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” ispaniyaning Talgo kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma to‘rt bosh vagon, 20ta yo‘lovchi vagoni va ikki vagon-restoran sotib olishni ko‘zda tutgan. Ushbu vagonlardan tuzilgan sostav 287 yo‘lovchi tashish imkoniga ega bo‘ladi. Ikki sostavning umumiy narxi 42 mln dollardan oshdi.

O‘zbekiston Temir yo‘llari besh yildan ortiq vaqt davomida Toshkent-Samarqand va Toshkent – Qarshi yo‘nalishida “Afrosiyob” tezurar poyezdidan foydalanmoqda. Poyezd ishga tushganidan beri 900 ming yo‘lovchi tashilgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston tezurar poyezdlar rivojlangan mamlakatlar orasida 17 o‘rinda,  GoEuro xabari asosida.

 

Yangiliklar lentasi
0