TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Adigeya respublikasi sudi Rossiya hududida noqonuniy yashab kelayotgan olti nafar O‘zbekiston fuqarosini mamlakatdan deportatsiya qildi, deyiladi Adigeya respublikasining Sud pristavi Federal xizmati xabarida.
Sud pristavi migrantlarni Krasnodar aeroportidagi chegara punktigacha kuzatib qo‘yishgani ta’kidlanmoqda.
“Adigeya Respublikasi Maykop shahar sudi qaroriga muvofiq, 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘z vataniga yuborildi”, — deyiladi muassasa rasmiy sayti xabarida.
Adigeyadan olti nafar o‘zbekistonlik deport qilindi
© Sputnik / Maksim Blinov
/ Obuna bo‘lish
Rossiya hududida noqonuniy yashab kelgan olti nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi. Migrantlar sud pristavi tomonidan Krasnodar aeroportiga qadar kuzatib qo‘yildi.