TOShKENT, 19 apr – Sputnik. AQSh terrorchilardan boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashishda instrument sifatida foydalanmoqda, deya bayonot qildi seshanba kuni Eron Islomiy Kengashi Majlisi raisi Ali Lorijoniy.
Lorijoniy bu so‘zlarni Moskvada bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo davlatlari parlamentlari spikerlari uchrashuvida aytdi, RIA Novosti xabari asosida.
"Biz bugungi kunda Suriyada, Iroqda, Liviya, Yamanda yuzaga kelgan inqirozga guvoh bo‘lib turibmiz. Savol terrorizm balosini kim yaratganligida? AQSh biror davlatda tartibsizlikni yuzaga keltirmoqchi bo‘lganida, o‘z maqsadiga erishish uchun terrorchilardan foydalanadi”, — deya bayonot qildi u.
Lorijoniy, shuningdek, Yevroosiyo parlamentlari spikerlari kengashida “mamlakatlar o‘zaro ma’lumot almashishi va terrorchilikka qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishlari uchun bir qancha mexanizmlarni ishlab chiqish” mumkinligi haqida gapirdi.