Focus: Germaniya o‘z xalqiga Erdo‘g‘onni yomonlamaslikni maslahat bermoqda

Obuna bo‘lish
Erdo‘g‘on nomiga aytilgan hajviy she’r bilan bog‘liq mojarodan so‘ng, Germaniya hukumati Turkiyaga yo‘l olayotgan nemislarga Erdo‘g‘on haqida ortiqcha gapirmaslikni maslahat bermoqda.

TOShKENT, 19 apr – Sputnik. Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Turkiyaga yo‘l olayotgan nemis sayyohlari uchun maxsus tavsiyanomalarni chop etdi. Unga ko‘ra, sayyohlarga Turkiya hukumati, jumladan, mamlakat rahbari Toyib Erdo‘g‘on haqida gapirganda ehtiyotkor bo‘lish uqdirilgan, deb yozadi Focus nashri, RIA Novosti xabari asosida.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Nemis matbuoti: hajvga munosabati uchun Erdo‘g‘on kulgi ostida qoldi

"Biz sizlarga Turkiyani tanqid ostiga oladigan ta’kidlardan saqlanishni, shuningdek, terrorchilik uyushmalariga nisbatan xayrixohlik bildirishdan uzoqroq bo‘lishni qat’iyan maslahat beramiz", — deyiladi yozma buyruqda.

Aksariyat ekspertlar ushbu tavsiyanomalar Erdo‘g‘on haqida aytilgan hajviy she’r bilan bog‘liq mojarodan so‘ng chiqarilganiga shubha bildirishmayapti. Chunki, yaqinda Germaniya hukumati Anqara talabidan kelib chiqqan holda, Erdo‘g‘onni hajv qilgan teleboshlovchi — Yan Bemermannga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atishga ruxsat berdi.
Ammo Germaniya TIV ushbu tavsiyanomalar Erdo‘g‘on bilan bog‘liq mojarolardan ancha oldin chiqarilgan, deya ta’kidlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0