Yevropa OAVlari migrantlar jinoyatlari haqida to‘liq axborot bermayapti

© AFP 2023 / DPA /Sebastian WillnowGermaniyada politsiya faoliyati
Germaniyada politsiya faoliyati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa aholisining yarmidan kami OAV migrantlar jinoyatlari haqida to‘liq axborot berayapti deb hisoblaydi. Ayni damda so‘ralganlar ushbu mavzu haqida va migrantlar muammaolari haqida to‘liq axborotga ega.

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Sputnik.Mneniya, so‘rovi natijalariga ko‘ra Germaniyaning  68% aholisi,   Fransiyaning 67% aholisi va Buyuk Britaniyaning 46% ahosili berilgan migrantlar jinoyatlari haqidagi OAV xabarlari to‘liq emas deb hisoblaydi.

Fransiya aholisining 17 % hukumat va OAV to‘lik migrantlar jinoyatlari haqida to‘lik va ishonchli xabar bermoqda deb hisoblaydi, Germaniyada bundaylar soni – 25 %, Buyuk Britaniyada – 36 % ni tashkil qildi.

Ma’lumotlar Yevropaliklarning ko‘pi ushbu masala bo‘yicha yaxshi xabardor ekanligi ko‘rsatdi. So‘rovda qatnashgan Germaniya aholisining 7%, Fransiya aholisining 16 % va Buyuk Britaniya aholisining 18% ushbu savolga javob berishga qiynalishdi.

So‘rov 2016-yilning 3-4 fevral kunlari Germaniya va buyuk Britaniyada Populus kompaniyasi tomonidan, 3-5 fevral kunlari Fransiyada IFop kompaniyasi tomonidan o‘tkazildi. So‘ralganlar soni 3556 kishini tashkil qildi, ulardan Buyuk Britaniyada 1047 kishi, Germaniyada 1010 kishi, Fransiyada 1499 kishi qatnashdi. So‘ralgan aholining yoshi, jinsi va turar joyi ham aniqlangan.

Sputnik.Mneniya loyihasi haqida

Sputnik.Mneniya  - jamoat fikrini o‘rganishga qaratilgan xalqaro loyiha bo‘lib, u o‘z faoliyatini 2015-yilning yanvarida boshlagan. Loyiha hamkorlari taniqli Populus, Ifop va Forsa ishlanishlar kompaniyalaridir. Sputnik.Mneniya doimiy ravishda Yevropa va AQShda eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy masalalar bo‘yicha jamoat fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanandi.

Sputnik (sputniknews.com) – o‘nlab mamlakatlarda multimedia axborot xablari bo‘lgan radio va axborot agentligidir. Sputnik 30dan ortiq tillarda axborotlar tarqatadi, radio eshittirishlar olib boradi va ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritadi. Yangiliklar kecha-kunduz inglis, arab, ispan va xitoy tillarida chiqib turadi.

 

Yangiliklar lentasi
0