Urush faxriylariga 800 ming so‘mdan mukofot beriladi

Obuna bo‘lish
1914-1945 yillar Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari va nogirinlariga 800 ming so‘mdan mukofot beriladi.

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. 9-may Xotira va qadrlash kuni va 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 71-yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlariga, prezident farmoniga asosan 800 ming so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi, gazeta.uz xabariga asosan.

Islom Karimov imzolagan hujjatda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda urush qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlash ko‘rsatilgan.

Pul mukofotidan tashqari, prezident farmoniga binoan, mahalliy hokimiyatilar, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, Badiiy akademiya, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, «Nuroniy» va «Mahalla» jamg‘armalari hamda boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatan ozodligi va sha’nu sharafi himoyachilariga bag‘ishlangan maxsus uchrashuvlar va ma’rifiy-badiiy kechalar o‘tkazish yuklatildi.

Yangiliklar lentasi
0