Yerevanda KXShT mamlakatlari vakillari uchrashuvi

© SputnikKXShT Tashqi ishlar vazirlari kengashi
KXShT Tashqi ishlar vazirlari kengashi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda KXShT Tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari uchrashadi. Uchrashuv Armaniston vakillari raisligida bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Yerevanda 19-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan KXShT mamalkatlari Tashqi Ishlar vazirlari  o‘rinbosarlari uchrashuvida KXShT mamalkatlari tashqi siyosatini o‘zaro muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi, deyilgan tashkilot matbuot xizmati xabarida.

“Uchrashuvda KXShTning ba’zi asosiy hujjatlari va a’zo mamlakatlar tashqi siyosatini o‘zaro muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi”, — deyilgan xabarda.  

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti 1992-yilning 15-mayida tashkil qilingan. Tashkilotning asosiy tamoyili, bu  - a’zo mamalkatlarning biriga qarshi qilingan tajovuz, uning barcha a’zolariga qarshi qilingan hujum deb qabul qilinadi.

Hozirgi kunda tashkilot a’zolari bu Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston.

Yangiliklar lentasi
0