TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Afg‘oniston shimolidagi Bog‘lan, Samangan, Tahar va Bog‘dis viloyatlarida, Yakshanba kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan kuchli yomg‘irdan so‘ng — sel keldi, RIA Novosti Khaama Press va mahalliy hukumat xabari asosida.
Tabiiy ofat oqibatida 31 kishi qurbon bo‘ldi, o‘nlab kishilar jarohatlandi. Ayni paytda jabrlanganlar soni aniqlanmoqda.
Axborot agentligi xabariga ko‘ra, kuchli yomg‘ir oqibatida mamlakat markazida joylashgan Daykundi viloyatidagi yo‘llar ham buzilgan.