TOShKENT, 18 apr – Sputnik. Oxirgi o‘n yil davomida Rossiya va yana bir necha mamlkatlar AQSh va uning ittifoqdoshlari boshlagan “gibrid urush” ta’siri ostida, deyti Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin, RIA Novosti Kommersant’-Vlast gazetasiga asosan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari G‘arb mamalkatlari Rossiyaga qarshi “valyuta urushlari” olib borayotganini ham aytib o‘tdi. Bastrikinning so‘zlariga qaraganda “AQSh dollar oqimlarini u yoki bu tomonga boshqarib, rivojlanayotgan mamalkatlar valyutalari qadrsizlantirmoqda”. Buning oldini olish uchun sarmoyalarning chegaralar aro harakatini nazorat ostiga olishdir.
Undan tashqari, Aleksandr Bastrikin AQShning Rossiya atrofida joylashgan mamlakatlarda “demokratiyani rivojlantirish dasturlari”ga xarajatlari oshganiga ham e’tibor qaratdi. Bastrikinning fikriga ko‘ra, aslida gap Rossiyaga qarshi “mafkuraviy qurol” haqida ketmoqda, kelajakda u Rossiyaga qarshi kayfiyatlar ko‘tarish uchun ishlatilishi mumkin.
AQSh va Rossiya munosobatlari 2014-yilda Ukrainadagi vaziyat tufayli yomonlashdi. 2014-yil oxirida Yevropa Ittifoqi va AQSh Rossiyaga qarshi bir qator sanksiyalar kiritdi. Bunga javoban Rossiya ham sanksiyaga qo‘shilgan mamlakatlardan importni ta’qiqlab qo‘ydi. O‘tgan yilda ushbu sanksiyalar muddati uzaytirilganidan keyin, Rossiya ham ularni 2016-yilning 5-avgustiga qadar uzaytirdi.