TOShKENT, 18 apr – Sputnik. Xitoy Oliy sudi va Xitoy Xalq prokuraturasi korrupsiyada ayblangan mansabdor shaxslar uchun o‘lim jazosini qo‘llash tartibiga aniqlik kiritdi, Sinxua xabariga asosan.
Bundan buyon, o‘lim jazosi qiymati 460 ming dollar dan ko‘p bo‘lgan davlat mulkini o‘zlashtirish yoki shunday miqdorda pora olish uchun belgilanadi.
Xitoyda korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli kurash Xalq respublikasi birinchi kotibi Si Szinpin davlat boshiga kelganidan keyin boshlandi. Shundan beri minglab amaldor shaxslar partiya tartib qoidalarini buzganligi va korrupsiya uchun jazolandi.
Rasmiy statistika ma’lumotlariga ko‘ra, faqatgina ushbu yilning yanvar oyida 5459 mansabdor shaxslar jazolangan, butun 2015 yil davomida esa — 50 mingdan ko‘p.
XXRda o‘lim jazosi dunyoning boshqa mamlakatlaridan ko‘ra ko‘proq qo‘llaniladi. Bunday jazo Jinoyat kodeksining 46 bandi bo‘yicha qo‘llanilishi mumkin.
Ba’zi manbaalar xabariga ko‘ra Xitoyda yiliga besh mingga yaqin kishi o‘lim jazosi bilan jazolanadi. Ularning asosiy qismi – narkotik moddalarning noqonuniy olish yoki sotish uchun va korrupsiya uchun. Xitoyda o‘lim jazosi otish yoki zaharli ukol yordamida amalga oshiriladi.