TOShKENT,18 apr — Sputnik. O‘tgan shanba yakshanba kunlari Rio-de-Janeyroga yo‘llanma olgan sportchilar soni yana beshtaga oshdi, dedi Milliy Olimpiada qo‘mitasi matbuot xizmati.
Tayekvodo bo‘yicha Nikita Rafalovich, Nigora Tursunkulovalar Filippin poytaxti Manilada bo‘lib o‘tgan musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib Olimpiada litsenziyalari qo‘lga kiritishdi.
Stol tennisi bo‘yicha Gonkongda bo‘lib o‘tgan musobaqada Zohid Kenjayev olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritdi. Kenjayev ushbu sport turidan olimpada musobaqalari darajasiga ko‘tarilgan birinchi O‘zbekistonlik sportchi bo‘ldi.
Yana ikki olimpiada litsenziyasi O‘zbekiston jamoasi gimnastika bo‘yicha qo‘lga kiritdi. Ular Pekin olimpiadasi sovrindorlari Anton Fokin va Oksana Chusovitina. Ushbu litsenziya bilan birga Chusovitina faoliyati davomida olimpiada o‘yinlarida eng ko‘p marta qatnashish bo‘yicha rekord o‘rnatishi mumkin.
1975 yilda Buxoroda tug‘ilgan Oksana Chusovitina olimpiada o‘yinlarida qatnashishni 1992-yilda boshlagan, Rio-de-Janeyrodagi olimpiada o‘yinlari gimnastikachi faoliyatida yettinchi olimpiada o‘yinlari bo‘ladi. Ushbu sohada oldingi rekord Bolgariyalik gimnastikachi Yordan Yovchevga tegishli edi. U olti olimpada qatnashchisi bo‘lgan.