TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Dzudo bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston erkaklar jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi, Dzudo federatsiyasi xabari asosida.
Musobaqaning Toshkentda bo‘lib o‘tayotgani sababli, O‘zbekistonlik sportchilarning har bir chiqishi tribunalarda katta olqishlar bilan kutib olinardi. Tomoshabinlar ovoz va qarsaklarini ayamasdan O‘Zbekistonlik sportchilarni qo‘llab quvvatlashdi.
O‘zbekiston ayollar jamoasi yarim finalga yetib kelishga muvaffaq bo‘ldi. Erkaklar jamoasi esa, ushbu musobaqalarda yagona oltin medal sovrindori bo‘ldi. O‘z vatianida o‘tkazilgan musobaqalarda yutib olingan oltin yagona medal qadri albatta bebaho.
O‘zbekistonlik dzudochi ayollar jamoasi hal qiluvchi bellashuvda Qozog‘iston jamoasi bilan uchrashdi. Bellashuvda O‘zbekistonlik Gulnur Sulaymonova (52kg), Amangul Allanazarova (57kg), Muhayo Ibrohimova (63kg), Gulnoza Matniyozova, Kumush Yo‘ldoshevalar qatnashdi. Bellashuvda 2:3 natija bilan Qozog‘iston jamoasi g‘olib chiqdi. O‘zbekiston ayollar jamoasi esa beshinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston erkaklar jamoasiga esa, qit’aning eng kuchli jamoaslaridan biri – Mongoliya jamoasi bilan bellashishga to‘g‘ri keldi. 66 kg vazn toifasidagi birinchi kurashda Sharofiddin Lutfillayev Tumurxulega Davaadorj ustidan ippon usuli bilan –g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alaba jamoaga kuch va umid bag‘ishladi. Keyin Mirali Sharipov (73kg) Odbayara Ganbaatar ustidan g‘alaba qozondi. Uchinchi bellashuvda (81kg) Yaxyo Imomov Dagvasuren Nyamsuren ustidan g‘alaba qozonib, hisobni 3:0 qildi. To‘rtinchi bellashuvda Dilshod Choriyev (90kg) Otgonbaatar Lkxgvasurenga yutqizgan bo‘lsada, beshinchi hal qiluvchi bellashuvda Abdullo Tangriyev g‘alaba qozonib musobaqaga chiroyli yakun yasadi.
O‘zbekiston Dzudo federatsiyasi rahbari Armen Bagdasarov tadbir yakunida “Musobaqa yuqori darajada o‘tdi. Buni barcha mehmonlar ta’kidlashdi. Uch kun davomida zal tomoshabilarga to‘la edi. Milliy jamoa sportchilari ishllab quvvatlagani uchun tomoshabinlarga katta rahmat”, — dedi.
Shunday qilib, O‘zbekiston dzudochilari Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadaga yana bir qadam yaqinlashishdi.