O‘zbekiston-Xitoy gaz quvurining to‘rtinchi tarmog‘i loyihasi yil oxirigacha yakunlanadi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishGaz o‘tkazuvchi quvur
Gaz o‘tkazuvchi quvur - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uglevodorodlar bozorida narxlar pasayib ketishi tufayli, Xitoy tabiiy gazni quvur orqali xarid qilgandan ko‘ra, suyultirilgan tabiiy gazni xarid qilishni foydaliroq, deb bilmoqda. Gaz quvurining to‘rtinchi tarmog‘i to‘liq tranzit bo‘lib, undan faqat Turkmaniston gazi o‘tishi aytilmoqda.

TOShKENT, 16 apr – Sputnik. "O‘zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi 2016-yil oxiriga qadar "O‘zbekiston-Xitoy" 4-gaz quvuri loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqadi, deb xabar qildi Sputnik agentligiga kompaniyadagi manba.

Gazni qayta ishlash zavodi hududida - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda uglevodorodlar narxi tushishi O‘zbekiston neft-gaz tizimiga ta’sir qilmadi

Uzunligi 200 kilometr bo‘lgan gaz quvuri qurilishining umumiy bahosi 800 million dollarga baholangan.
Qurilish uchun talab etiladigan mablag‘ning asosiy qismi esa Xitoy tomonidan ajratilishi kutilmoqda. Quvur ishga tushirilgach, 20 milliard kub metr gazni mijozga yetkazish imkonini beruvchi qo‘shimcha transportirovka quvvati yaratiladi.

"Bugungi kunda loyiha ustida ish davom etmoqda, jumladan, dastlabki texnik-iqtisodiy asoslar yaratilishi boshlab yuborilgan, yil oxiriga kelib boshlagan ishimizni yakunilashni rejalashtirmoqdamiz. Hozircha faqatgina to‘rtinchi gaz quvuri to‘liq tranzit bo‘lishi ma’lum. U yerdan o‘zbek gazi emas, faqat Turkmaniston gazi o‘tadi", — deb ta’kidladi manba.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, loyihani hayotga tatbiq etish uglevodorodlarning bozor narxiga bevosita bog‘liqdir. Hozirgi vaziyatda, Xitoy uchun, tabiiy gazni quvur orqali xarid qilganidan ko‘ra, suyultirilgan gazni sotib olgani foydaliroqdir.

O‘zbekiston 2007-yili Turkmaniston — O‘zbekiston — Qozog‘iston — Xitoy xalqaro gaz transport magistraliga qo‘shilgan edi. Ushbu gaz quvuri dunyoning eng uzun gaz magistrali (7 ming kmdan uzun) hisobalanadi.
"O‘zbekneftegaz" va Xitoyning CNPC kompaniyasi o‘rtasida Asia Trans Gas qo‘shma korxonasi tashkil etilib, u gaz quvurining o‘zbek hududidan o‘tuvchi 530 kmlik qismini loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning 2014-yilda Xitoyga tashrifi chog‘ida, "O‘zbekiston-Xitoy" gaz quvurining to‘rtinchi tarmog‘ini qurish bo‘yicha memorandum imzolangan edi.

Yangiliklar lentasi
0