O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot 7,5%ga o‘sdi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishMoliya bozori holati grafigi
Moliya bozori holati grafigi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasi majlisida juma kuni O‘zbekistonda birinchi kvartalda o‘sish natijalari e’lon qilindi.

TOShKENT, 16 apr – Sputnik. Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 7,5 foizga o‘sdi, deb xabar qilindi Vazirlar Mahkamasi majlisida.
Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 7 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi — 6,7 %ga, chakana tovar aylanmasi hajmi 12,8 %ga ko‘paygan. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdoridagi profitsit bilan ijro etilgan.

“Inflyatsiya darajasi prognoz parametrlardan oshmadi”, deyiladi xabarda.

Xizmatlarning zamonaviy turlarini, eng avvalo, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan turlarini jadal rivojlantirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar xizmatlar hajmlarining 12,1%ga o‘sishini va ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2015-yilning birinchi choragidagi 59,3%dan 59,5 %gacha ko‘payishini ta’minladi.
Kichik biznesni rag‘batlantirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish shart-sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish joriy yilning birinchi choragida kichik biznesning 8,4 mingta yoki 2015-yilning shu davridagiga qaraganda 5,5 foiz ko‘p yangi subyekti tashkil etilishiga ko‘maklashdi. Yil boshidan boshlab kichik biznes subyektlariga 3,6 trillion so‘m bank kreditlari berildi, o‘sish 2015-yilning 1-choragidagiga qaraganda 1,3 baravarni tashkil etdi.
2016 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini oshirish dasturi doirasida 167,4 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi, ulardan 57,7 foizi qishloq joylarda tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0