O‘rta Sharq va O‘rta Osiyo mamalkatlari bo‘yicha ekspert, sharqshunos, Aleksandr Knyazev Nursulton Nazarboyevning Eron, Turkiya va O‘zbekistonga uyushtirgan tashriflariga izoh berdi.
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev
Tehron
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Eronga bo‘lgan tashrifi mamlakat tashqi siyosatining muhim asosini namoyish qiladi. Qozog‘iston siyosati, alohida bir mamlakat bilan chuqur munosobatlar o‘rnatib, natijada unga bog‘lanib qolish o‘rniga, tashqi hamkorlar sonini imkon qadar ko‘paytirishga qaratilgan.
Umuman olganda Astana doimo bunga erishib ham kelgan. Oldin Astana Tehron bilan munosobatlarida biroz tiyiqlik sezilardi. Bunday siyosatni, Eron turli sanksiyalar ostida bo‘lgan vaqtida, G‘arb mamalkatlarining g‘ashiga tegmaslik uchun olib borilgan desa ham bo‘ladi. Eronga qaratilgan sanksiyalar olib tashlanganidan keyin esa, ikki mamalkat orasidagi munosobatlar juda tez rivojlana boshladi. Iqtisodiyotning ko‘p sohalarida o‘zaro qiziqarli hamkorlik o‘rnatilmoqda.
Nursulton Nazarboyevning Eronga tashrifi oldidan Tehronda Qog‘oziston — Eron biznes — forumi bo‘lib o‘tdi. U yerda Qozog‘istondan 200ga yaqin korxona qatnashdi. Qozog‘iston biznesi Eron korxonalari nafaqat Qozog‘iston bilan savdo-sotiq qilishga, balki ushbu mamalkat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga tayor ekanligiga amin bo‘lishdi.
Istambul
Nazarboyevning Turkiyaga kelishining asl sababi, Islom Hamkorligi tashkilotining XIII sammitida qatnashish edi. Sammit davomida Nazarboyev bir necha uchrashuvlar o‘tkazdi. Ular orasida albatta Toyyip Erdo‘g‘on va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon al-Saud ham bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv ham bor. Sammitda Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko ham kuzatuvchi vazifasida qatnashgan.
Qozog‘iston va Turkiya – uzoq vaqtdan beri hamkorlik qilib kelishmoqda. Bunga Nazarboyevning siyosatni iqtisoddan ajrata bilish mahorati sabachidir. Turkiyaga qarshi kiritilgan Rossiya sanksiyalaridan keyin Kaspiy dengizida joylashgan Qozog‘istonning Aktau porti orqali tashilayotgan yuklar miqdori 8 baravar oshdi. Qozog‘iston porti orqali yuklar Gruziya, Armanistonga o‘tish mikoniga ega.
Tashrifi davomida Nazarboyev Turkiya biznesi uchun yaqin yillar davomida mumkin qadar “ijobiy iqlim” yaratishga va’da berdi. Turk biznesi uchun bu o‘ta muhim, chunki Qozog‘iston orqali Turkiya Xitoy va Yevroosiyo Ittifoqi bozoriga chiqishga umidvor.
Islom Hamkorligi tashkiloti doirasidagi uchrashuvlar siyosiy jihatdan hech qachon muhim bo‘lmagan. Bu uchrashuvlar doim turli mamlakat rahbarlari o‘z maqsadlarida bir biri bilan uchrashishi uchun qulay joy bo‘lgan xolos.
Nazarboyevning Turkiyaga tashrifi hududda hech qanday siyosiy o‘zgarishlarga olib kelmaydi, chunki: O‘zbekiston Turkiya bayrog‘i ostidagi birlikka qo‘shilmasligini aniq va ravshan qilib aytgan; Qirg‘iziston va Turkmaniston bo‘lsa shundoq ham Turkiyaning o‘ta kuchli ta’siri ostida; forsiy tilda gaplashuvchi Tojikiston esa — hozircha alohida;
Toshkent
Qozog‘iston prezidenti safarining oxirgi nuqtasi Toshkent bo‘ldi. Bu tashrif O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning Moskvaga bo‘lajak tashrifi oldidan va MDX rahbarlari sammiti oldidan bo‘lib o‘tmoqda.
Yaqinda Astana, faqatgina “madaniyatlai ajralish” uchun tashkil qilingan MDH tashkilotini bekor qilish tarafdori ekanligini ma’lum qilgan edi. Ko‘p taraflama integratsion loyihalar (ODKB, YeAES) o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ikki taraflama munosobatlarni afzal ko‘radigan O‘zbekiston bo‘lsa MDH tashkilotini sobiq Ittifoq hududida paydo bo‘ladigan muammolarni yechish uchun qulay maydoncha sifatida saqlab qolish tarafdori.
Uchrashuvning yana bir mavzusi yozda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT kengashi bo‘ldi. Ha, aytgancha, Nazarboyev Tehronda Eronning ShHTga a’zolik masalasida yordam berishga va’da berdi.
Umumiy xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, Nazarboyevning uch mamalkatga bo‘lgan tashrifi, Qozog‘iston olib borayotgan ko‘p qirrali tashqi siyosatining samaradorligini yana bir bor isbotladi.
Jug‘rofiy qulay joylashuvga hamda Rossiya va Xitoy kabi qudratli hamkorlarga ega bo‘lgan Qozog‘iston, boshqa mamlakatlar bilan aloqalarini hisob-kitob bilan, iloji boricha, kengaytirib bormoqda, avvalombor — o‘z maqsadlari yo‘lida.
Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.