Avval boshdan "bikinidagi go‘zallar tanlovi" deb atalgan "Dunyo go‘zali" tanlovi ilk marotaba 1951-yil 15-aprelda o‘tkazilgan. Bugun tanlov o‘zining tavallud ayyomini... 15.04.2016, Sputnik O‘zbekiston
Avval boshdan "bikinidagi go‘zallar tanlovi" deb atalgan "Dunyo go‘zali" tanlovi ilk marotaba 1951-yil 15-aprelda o‘tkazilgan. Bugun tanlov o‘zining tavallud ayyomini nishonlamoqda.
1980-yy boshlab, go‘zallar tanloviga turli ijodiy topshiriqlar va aqliy testlar kiritilgan. An’anaga muvofiq, tanlov g‘olibasi bir yil davomida Londonda yashashi, shuningdek, dunyoning turli mamlakatlariga sayohat qiladi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.
1994-yilgi "Dunyo go‘zali" - Ayshvariya Ray. Sohibjamol arxitektorlikka o‘qigan, ammo tashqi ko‘rinishi tufayli shu tanlovda qatnashib, o‘z kasbini o‘zgartirgan.
Chjan Szilin shu tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ilk xitoylikdir. Sohibjamol Sichuan provinsiyasida zilzila vaqtida jabr ko‘rgan bolalar holidan xabar olmoqda. Qiz 2007-yilda "Dunyo go‘zali" unvoniga sazovor bo‘lgan.
O‘tgan yilda ispaniyalik Mireya Lalaguna(markazda) tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ayni vaqtda sohibjamol farmatsevtlik sohasi bo‘yicha tahsil olmoqda.