TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Kelayotgan haftada O‘zbekistonning Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax, Buxoro viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, Gismeteo xabariga asosan.
Havo harorati o‘rtacha 15-18 gradus bo‘lib kuchli yomg‘ir va chaqmoq bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Yomg‘ir 16-aprelda boshlanadi.17 aprelda kun yozun yog‘ingarchilik va bulutli havo, bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida shanba 16-aprel kuni havo ochiq bo‘lib, 22-27 darajagacha issiq bo‘ladi. Yakshanba 17-aprelda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Dushanba, seshanba kunlari havo 20 — 24 daraja issiq bo‘lib, qisman yog‘ingarchilik kutilmoqda. 20-aprel chorshanba kuni esa havo harorati 15-17 daraja iliq bo‘lib, kun uzun bulutli va yomg‘irli ob havo kutilmoqda.
Respublikaning tog‘li hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s bo‘lishi (kuchli) va sel kelishi xavfi bor.