Islom Karimov: Qozog‘iston bilan to‘g‘ri yo‘ldan borishni xohlaymiz

© Sayt prezidenta KazaxstanaO‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv davomida Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev savdo-iqtisodiy, suv-energetika, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda ikkiyoqlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Toshkentga tashrifi doirasida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘istonning turli sohalarda o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shuningdek, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT davlatlari sammiti yuzasidan muhokama o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda Qozog‘iston prezidenti matbuot-xizmati.

Qozog‘iston prezidenti Toshkentga keldi - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev Toshkentga rasmiy tashrif bilan keldi

Nursulton Nazarboyev o‘z nutqi avvalida ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy aloqalarga urg‘u qaratgan.

"Mustaqillik yillarida biz bu aloqalarni saqlabgina qolmasdan, yanada yaqinlashdik. Bizning munosabatlarimiz amalda ortiqcha shakllarni talab etmaydi va qo‘shnichilik asosiga qurilgan. Bu muhim ahamiyatga ega. Men siz bilan do‘stligimdan va qozoq va o‘zbek xalqi do‘stligidan faxrlanaman. Maqsadimiz, bu munosabatlarni o‘zaro ishonch asosida yanada mustahkamlash, kelgusi avlodga yetkazishdir. Barcha qozog‘istonliklar nomidan o‘zbek xalqiga farovonlik va muvaffaqiyatlar tilayman", — degan Nursulton Nazarboyev.

O‘z navbatida Islom Karimov ikki davlat munosabatlari samimiy do‘stlik, o‘zaro ishonch, manfaatlarni hurmat qilish, xalqaro maydonda bir-birini qo‘llab-quvvatlash tamoyillari asosida rivojlanayotganini ta’kidladi.

— Hozir biz oson bo‘lmagan bir davrda yashayapmiz va shu bois, aynan shu jihatlar eng zarur hisoblanadi. Hozirgi holat yuzasidan hamjihatlikda to‘g‘ri yechimlarni topish maqsadida fikr almashish uchun Nursulton Nazarboyevning tashrifi zarur edi. Jahon iqtisodiyotida inqiroz davom etmoqda, biror davlat muammolardan xoli emas. Biz to‘g‘ri yo‘ldan borishni va doimiy tarzda “soatlarni solishtirib turishni” xohlaymiz, — deb ta’kidlagan Islom Karimov.

Yangiliklar lentasi
0