TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya jamoalari Umujahon Boks Seriyasi (WSB) musobaqalarining yarim finalida 22-23 aprel kuni Ulyanovsk shahrida uchrashuv o‘tkazishadi, bu haqda "R-sport”ga Rossiya milliy jamoasi murabbiyi Ivan Shidlovskiy xabar berdi.
“Uzbek Tigers” jamoasi D-guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi. Rossiya jamoasi esa olti musobaqada g‘olib chiqib S-guruhdi birinchilikni egalladi. Umujahon Boks Seriyasi (WSB) musobaqalarining dastlabki boschiqida 16 mamlakat jamoalari qatnashdi.
Yarim final musobaqalarida Kuba, Meksika, Buyuk Britaniya, Ukraina, Qozog‘iston va Venesuela jamoalari ishtiriok etadi.
Umujahon Boks Seriyasi (WSB) — bu xalqaro yarim professional (yoki yarim havaskor) boks assotsiatsiyasi bo‘lib AIBAga qarashli. WSBning odatiy havaskor boksdan farqi – bokserlar ochiq gavda va bosh kiyimsiz kurashadi. WSB g‘ olimpiada sport turiga kiradi.
Aytib o‘tish kerak-ki, O‘zbekiston jamoasi ushbu musobaqalarda birinchi marta ishtirok etmoqda. Shunga qaramasdan jamoa o‘zini yaxshi namoyish qilishga ulgurdi. Jamlhoa tarkbida tajribali va xalqaro ringlarda bir necha unvonlarga sazovor bo‘lgan bokserlar bor.
Rossiya jamoasi esa ushbu turnirda olti yillik tajribaga ega. O‘tgan yillarda Rossiya jamoasi bir kumush va ikki bronza medali olishga sazovor bo‘lgan.