TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh Liviyada xatoga yo‘l qo‘yganidan so‘ng, Suriyada ham yanglishishiga sal qoldi, deb ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, sal vaqt oldin Amerika rahbari G‘arb davlatlari Liviyaga o‘z harbiylarini kiritganlaridan so‘ng, aniq rejaning yo‘qligi ma’lum bo‘lib qolganini aytib, prezident sifatida bu o‘zi tomonidan yo‘l qo‘ygilan eng katta xatolardan biri bo‘lganini aytgan edi.
Obamaning ushbu iqroriga izoh berar ekan, Putin AQSh xato qilishda davom etayotganini ta’kidladi. Putin, shuningdek, ushbu iqror Obamaning vijdonli va irodali insonligini bildirishini ta’kidladi.
“Albatta, bu yaxshi. Ammo xatolar ketma-ketligi davom etmoqda. Axir Suriyada ham xuddi shunday xatoga yo‘l qo‘yishlariga sal qoldi. Hali hammasi nima bilan yakunlanishi noma’lum”, — qo‘shimcha qildi Putin.