Kolumbiyada narkotiklar tashiyotgan suv osti kemasi qo‘lga olindi

© AP PhotoKolumbiyada yasalgan narkotiklar tashuvchi suv osti kemalari
Kolumbiyada yasalgan narkotiklar tashuvchi suv osti kemalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kolumbiya hududiy suvlarida qo‘lga olingan suvosti kemasida salkam 6 tonna kokain topilgan.

TOShKENT, 14 apr – Sputnik.  Terra Colombia nashri xabariga ko‘ra, giyohvand moddalar kontrabandasiga qarshi maxsus amaliyot respublika va AQSh harbiy dengiz kuchlari tomonidan o‘tkazilgan, kun.uz xabariga asosan.

Suvosti kemasi Ekvador chegarasidan 500 km uzoqlikda, Tinch okeani hududida tutib olingan.

«Kemani 4 kishi, 3 nafar kolumbiyalik va bir meksikalik boshqargan», — deb Kolumbiya harbiy dengiz kuchlari ma’lumotini keltiradi INFO7 portali. Ularning barchasi hibsga olingan.

26 mart kuni AQSh bojxona nazorati va chegara xizmati xodimlari Tinch okeani sohillarida halokatga uchrayotgan suvosti kemasini aniqlashgan edi. Kichik suvosi kemasi salkam 200 million dollarlik 5,5 tonna kokainni ko‘tara olmay, suvga g‘arq bo‘layotgan vaqtda qutqarildi. Bortdagi ekipaj a’zolari qo‘lga olingan.

2015 yilning iyul oyida AQSh maxsus qo‘shnlari sa’y-harakati bilan Salvador sohillari yaqinida bortida 7,65 tonna kokain olib ketayotgan kema qo‘lga olingan edi. Noqonuniy yuk qiymati bir necha yuz million dollarga baholangandi. Giyohvand moddalar kontrabandasida gumon qilingan 4 kishi qo‘lga olingan.

The Independent nashrining yozishicha, 2015-yilda AQSh dengiz qo‘riqlash xizmati xodimlari kokain kontrabandasiga qarshi 200ga yaqin operatsiyada qatnashgan va 96 tonna giyohvand modda musodara qilingan.

 

Yangiliklar lentasi
0