Xayr – Yatsenyuk, salom – Groysman!

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishUkraina Verxovnaya Radasi majlisi
Ukraina Verxovnaya Radasi majlisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk o‘z lavozimidan bo‘shatildi, uning ortidan butun hukumat ham bo‘shatiladi. Poroshenko ushbu lavozimga Groysman nomzodini taklif qildi.

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Ukraina Radasi vazirlar mahkamasi rahbari etib Vladimir Groysmanni tanladi.  Bunga 257 deputat ovoz berdi.

Ukraina sobiq bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk o‘zining iste’fisi haqida yakshanba kuni xabar bergan edi. Bosh vazir lavozimidan ketgan bo‘lsada, u boshchilik qilgan “Xalq fronti”  deputatlar fraksiyasi ishini davom ettiradi. Yatsenyuk o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli deb atadi, lavozimdan bo‘shatilishini esa mamlakatda sun’iy ravishda tashkil qilingan inqiroz oqibati dedi.

Bosh vazir iste’foni butun hukumat iste’fosini bildiradi. Bosh vazir va vazirlar yangi nomzodlar tasdiqlanmaguncha o‘z vazifalarini ztishda davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0