Turistik korxonalar valyutani davlatga sotish majburiyatidan ozod qilindi

© Sputnik / Vadim ShekunMoskvada turizm ko‘rgazmasi
Moskvada turizm ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasining birgalikda qabul qilgan qarori asosida, erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta evaziga eksport qilinadigan mahsulotlar va xizmatlar ro‘yxatiga o‘zgarishlar kiritildi.

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekturizm Milliy kompaniyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxonalar o‘z xizmatlari eksportidan tushgan valyutani davlatga sotish majburiyatidan ozod qilindi.

Moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasining birgalikda 7-aprel kuni qabul qilgan 2195-2-sonli qarori asosida, korxonalar o‘zi ishlab chiqargan va erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta evaziga eksport qilinadigan mahsulotlar va xizmatlar ro‘yxatiga o‘zgarishlar kiritildi.

Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, turizm sohasida ishlayotgan korxonalarning o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlar ro‘yxatiga bir qator turistik xizmatlar kiritildi. Ular qatoriga transport xizmatlari, mehmonxona xizmatlari, ovqatlantirish xizmatlari, ekskursiya xizmatlari, madaniyat, sport va boshqa tadbirlar tashkil qilish xizmatlari kirdi.

Ushbu o‘zgarishlar turoperatorlarga O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan 29.06.2000 yilda qabul qilingan 245-sonli qarorda belgilangan imtiyozlardan foydalanishga imkon beradi. Unga ko‘ra, kichik korxonalar o‘zi ishlab chiqargan mahsulot esportidan tushgan valyutani – davlatga sotish majburiyatidan ozod qilinadi.   

Buning natijasida, turistik korxonalar ixtiyorida qolayotgan valyuta mablag‘lari ularning o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirilishi mumkin. Jumladan, mablag‘lar boshqa mamlakatlardan turistlani O‘zbekistonga jalb qilish va o‘z xizmatlarini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar uchun ishlatilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0