Qirg‘iziston va O‘zbekiston tushunmovchiliklarni bartaraf etish choralarini qidirmoqda

Obuna bo‘lish
Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo-mamlakatlar xavfsizlik kotiblarining o‘n birinchi uchrashuvi oldidan Qirg‘iziston Mudofaa kengashi kotibi O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi kotibi bilan uchrashdi.

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Qirg‘iziston Respublikasi Mudofaa kengashi kotibi Temir Jumaqodirov chorshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Qirg‘iziston Mudofaa kengashi kotibiyati xabariga ko‘ra, Toshkentdagi uchrashuv ShHTga a’zo mamlakatlar Xavfsizlik kengashi kotiblarining o‘n birinchi uchrashuvi doirasida bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Dinora Kamalova ham ishtirok etgan.

Tomonlar regional xavfsizlikka doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, ShHT faoliyatiga doir hamda o‘zbek-qirg‘iz munosabatlariga doir masalalarni ko‘rib chiqqanligi aytilmoqda.
"Bugungi kunda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik barcha jabhada rivojlanishi ayniqsa muhim. Shuningdek, do‘stona qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida kelishmovchiliklarni madaniyatli yo‘l bilan hal qilish mexanizmlarini izlash kerak”, — deyiladi press-reliz matnida.

Shuningdek, muloqot chog‘ida tomonlar ikki tomonlama shakldagi va ShHT doirasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash va kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.
ShHTga a’zo mamlakatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining yig‘ilishi 2016-yil 14-aprel, payshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0