TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Rossiyaning Su-24 bombardimonchisi va Ka-27 vertolotlari Boltiq dengizida suzib ketayotgan AQShning Donald Cook esminetsi yonidan uchib o‘tdi. Harbiylar voqea videolavhasini namoyish etdi.
AQShning kichik harbiy kemasi Boltiq dengizining xalqaro qismida o‘quv-mashg‘ulotlari olib borayotgan vaqtda, Rossiya harbiy samolyotlari va vertolotlari qurol-yarog‘siz bir necha marta uning yonidan uchib o‘tdi. Voqea shu haftaning dushanba va seshanba kunlari bo‘lib o‘tdi.
“Rossiya samolyoti kemaga “namoyishkorona hujum” qildi va bizning rus va ingliz tilida xavfsizlik haqida ogohlantirishlarimizga e’tibor bermadi”, — dedi EUCOM.
Namoyish etilgan videolavhada AQSh harbiylarining biri "u kema palubasidan pastda uchib o‘tmoqda" deb baqirmoqda.
Rossiya tomoni voqeaga izoh bermadi. Keyinroq AQSh ushbu videoni namoyish qildi.