Moskva shahrida migrantlarga xizmat ko‘rsatadigan fohishaxonalar tarmog‘i yo‘q qilindi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishQo‘lga olingan fohishalar
Qo‘lga olingan fohishalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fohishaxona egasi, administrator va O‘rta Osiyolik fuqarolarga intim-xizmat ko‘rsatuvchi sakkiz nafar migrant ayol hibsga olindi. Tashabbuskorlarni o‘n yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Moskva shahri jinoiy qidiruv guruhi operlari o‘z vatandoshlari uchun fohishaxonalar tarmog‘ini tashkil qilgan O‘rta Osiyolik 31 yashar ayolni qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda Rossiya IIV.

"Rossiya IIV jinoiy qidiruv Bosh boshqarmasi operlari podmoskovyening Reut shahrida O‘rta Osiyolik 31 yashar ayolni qo‘lga oldilar. Ayol Moskva shahri va Moskva viloyatida fohishaxonalar tarmog‘ini tashkil qilganlikda gumon qilinmoqda”, — deyiladi xabar matnida.

Boshqarmadan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ayol bilan birgalikda O‘rta Osiyolik fuqarolar uchun intim-xizmatlar ko‘rsatgan sakkiz nafar migrant ayollar ham qo‘lga olingan. Fohishaxonalarni birining ish boshqaruvchisi ham operlar tomonidan qo‘lga olingan.
Fohishaxona “bekasi” va ish boshqaruvchi o‘n yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0