TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Bugun Toshkentda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikoay Patrushevning va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra.
Uchrashuvning asosiy mavzulari yozda Toshkentda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ShHT kengashi va hududdagi xavfsizlik masalalari bo‘ldi. Undan tashqari, zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda ikki tomonlama va ShHT doirasidagi munosabatlarning hozirgi holati va ularni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
“Uchrashuvda ikki davlatning ShHT doirasida o‘zaro hamkorligiga, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Sammit va O‘zbekistonning mazkur tashkilotga raisligi davridagi bo‘lajak boshqa tadbirlarga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi”, — deyilgan xabarda.
Nikolay Patrushev Toshkentda 14-aprelda bo‘lib o‘tadigan ShHT mamlakatlari Xavfsizlik Kengashi kotiblari uchrashuviga qatnashish uchun keldi. Uchrashuv kun tartibiga Afg‘onistondagi vaziyat va terrorchilikka qarshi kurash muammolari qo‘yilgan.