TOShKENT, 13 apr — Sputnik. 13-aprel, chorshanba kuni Toshkentda Xavfsizlik kengashlari kotiblarining 11-uchrashuvi doirasida O‘zbekiston respublikasi prezidenti qoshidagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Maxmudov Qozog‘iston respublikasi prezidenti yordamchisi — Xavfsizlik kengashi kotibi N. Ermekbayev bilan bilan uchrashdi, deb xabar berilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida.
Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlik hamda xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonning hozirgi raisligi va Toshkent shahrida ShHT davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak yig‘ilishi davomida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar ko‘p tomonlama hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishi kutilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
O‘zbekistonning ShHTga raisligi tufayli tashkilot bilan hamkorlik doirasida 13-aprel kuni Toshkent shahrida tashkilot Xavfsizlik kengashi kotiblarining o‘n birinchi uchrashuvi boshlandi.