Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha Federal Xavfsizlik xizmati boshqarmasi xodimlari viloyat xonadonlarning birida Suriyadagi “Islom davlati” jangarilar tayorlash lagerida maxsus tayorgarlikdan o‘tgan kishini qo‘lga oldi. U 28 yoshli Dog‘istonlik bo‘lib chiqdi.
“Qo‘lga olingan Rossiya fuqarosi oldin Suriya Arab respublikasida “Islom davlatining” jangarilar tayorlov lagerida terrorchilik faoliyati bo‘yicha maxsus tayorgarlikdan o‘tgan”, — deyilgan FXX Boshqarmasi xabarida.
Qo‘lga olingan shaxsga bir umrlik qamoq jazosi berilishi mumkin.
Maxsus xizmat oldin bergan xabariga ko‘ra, Suriya va Iroqdagi terrorchi tashkilotlarga aloqador bo‘lgan 2,9 ming rossiyaliklar aniqlangan. Ularadan 198 kishi chet elda janglar davomida yo‘q qilingan, 214 kishi Rossiyaga qaytib kelgan va hozir huquqni saqlash organlari tomonidan “qattiq nazorat ostiga olingan”.