Rossiya va O‘zbekiston birgalikda kosmosdan hayot qidirishadi

© Sputnik / Mark Agnor / Mediabankka o‘tishKoinotni o‘rganishga moslashgan radio teleskop
Koinotni o‘rganishga moslashgan radio teleskop - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Rossiya va O‘zbekiston kosmos sohasida ulkan loyihani amalga oshirmoqda. Ular birgalikda diametri 70 metr bo‘lgan ulkan radioteleskop qurmoqda. Bu dunyodagi eng katta teleskop bo‘ladi.

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Sputnik muxbiri kosmonavtika kunida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining RT-70 Radioastronomik laboratoriyasi direktori Gennadiy Shanin bilan muloqotda bo‘ldi. Muxbir olim bilan Rossiya va O‘zbekiston hamkorligida qurilayotgan “Suffa” xalqaro radioastronomik observatoriya haqida suhbatlashishdi.

Shaninning so‘zlariga qaraganda, bugun Rossiya va O‘zbekeiston kosmos sohasida birgalikda ulkan loyihani amalga oshirmoqda. Ular birgalikda diametri 70 metr bo‘lgan ulkan radioteleskop qurmoqda.  

 

“Bu juda yuqori texnologiyali majmua bo‘lib, uning nur qaytaruvchi qismining qalinligi 50 mikronni tashkil qiladi. Bu soch tolasi qalinligi bilan barobar. Bunday ingichka qatlam koinotni o‘rganishda yuqori sezgirlik va o‘ta aniqlik kiritadi. Uch yil oldin bu dunyodagi eng yaxshi teleskop edi. Hozirgi kunda amerikaliklar bizdan o‘zishdi, lekin bizning teleskop moslashuvchan nur qaytaruvchi qatlamga ega bo‘lgan yagona teleskopdir”, — dedi olim.  

Observatoriyani yaratish bo‘yicha ishlar o‘tgan asrning 80-yillarda boshlangan edi. Ittifoq parchalanib ketgach loyiha muzlatib qo‘yildi. Faqatgina Vladimir Putinning aralashuvi va uning 2014-yilda O‘zbekistonga bo‘lga tashrifidan keyin observatoriya qurilishi davom ettirildi.

Direktorning so‘zlariga qaraganda, tomonlar oldida murakkab vazifalar turibdi. Bugungi kunda observatoriya 40% ga qurilgan xolos, bu asosiy inshootlar xolos. Endi navbat texnologik qurilma va elementlarda. Xususan nur qaytaruvchi qatlam va moslashuvchan tizimda. Birgalikda tuzilgan olimlar guruhi qurilgan observatoriya holatini nazorat ostiga olgan, chunki hududda zilzilalar tez-tez bo‘lib turadi.

“Oxirgi ikki yil davomida biz loyiha bo‘yicha jiddiy olg‘a yurdik. Biz loyihaga Rossiyaning besh yetuk ilimiy-tekshirish institutlarini jalb qilishga muvaffaq bo‘ldik. Ilmiy-tekshirish va loyihalashtirish boschiqlaridan o‘tdik, tajribalar uchun namunalar tayorladik”, — dedi olim.

Observatoriya Turkiston tog‘ tizmasining Suffa tepaligida joylashgan. Olimlar fikricha bu yerda uzoq koinotni o‘rganish uchun takrorlanmas tabiiy sharoit bor. 2014-yildan boshlab Rossiyalik astrofiziklar bu yerda ikki chastotali radiometrni sinovdan o‘tkazmoqda. Ushbu moslama bo‘lajak teleskop ishlaydigan radiochastotalarga moslashtirilgan. Biz ushbu maslama yordamida bo‘lajak teleskopning qanday ishlashini o‘rganishimiz mumkin.  

“Radioteleskopning o‘ta yuqori sezuvchanligi va yuqori aniqligi ko‘plab yulduzlarni va yulduz tizimlarini sinchiklab o‘rganish imkonini beradi. Lekin uning ishlashi uchun atmosferada yuqori radioo‘tkazuvchanlik bo‘lishi kerak. Ayni shuni aniqlash maqsadida tepalikda ikki yildan beri moslamalar kecha-kunduz ishlamoqda. Asbob ma’lumot to‘plamoqda, biz esa uni umumlashtirib Rossiyaga yubormoqdamiz”, — dedi olim.

Loyihani amalga oshirishda eng dolzarb muammolardan biri bu – moliyaviy muammolar bo‘lib qolmoqda. Rossiya tomoni ushbu loyiha uchun mablag‘ belgilagan, lekin uni ajratishda ba’zi muammolar bo‘lmoqda. Mablag‘ O‘zbekistonga kelishi uchun, kelishilgan shartnomaga ko‘ra, xalqaro tashkilot tuzilishi kerak. Bugungi kunda O‘zbekiston uning nizomini ishlab chiqib Moskvaga tasdiqlash uchun yubordi.    

“Yaqin orada ushbu hujjatlar Rossiya TIVga, undan keyin esa  O‘zbekiston TIViga yuborilishi kerak. Qisqa qilib aytganda, islom Karimovning Moskvaga bo‘ladigan tashrifi davomida yangi tashkilot tuzilishi haqidagi muhim hujjat imzolanishi kerak. Shundan keyin yil oxirigacha ushbu tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazib, qurilishni davom ettirsa bo‘ladi”, dedi Gennadiy Shanin.   

Olimning fikricha, ushbu teleskopni ishga tushirish – bu yuqori texnologiyalar va fundamental izlanishlar sohasida ulkan olg‘a qadam bo‘ladi. Bu uzoq koinotni o‘rganishda samarali asbob va yaqin orada Mars va Veneraga tirik mavjudot qidirib yuborilayotgan uchuvchi apparatlar bilan bog‘lanish usuli bo‘ladi.

Shaninning fikriga ko‘ra, observatoriya ikki mamlakat hamkorligining yangi yo‘nalishini ochadi. Hozir shu sohada mutaxassisilar tayorlash uchun muzokaralar olib borilmoqda. Masalan, Moskva va Sankt-Peterburgdagi texnik universitetlar tajribasidan foydalanish ko‘zda tutilgan. Ular O‘zbekistonda ushbu sohada olimlar tayorlash uchun maxsus maydonchalar ochishi mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0