TOShKENT, 12 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obama Fox News telekanaliga bergan intervyusida prezidentlik muddati tugagach, Chikago institutida dars berishi mumkinligi haqida gapirdi, RIA Novosti xabari asosida.
“Chikago institutida dars berishga taklif qilishgani rostmi”, degan savolga u: "Meni institutga taklif qilishgani, bor gap. Men u yerda yozishim, seminarlar olib borishim, qolaversa, shu universitetda dars berishim mumkin”, — deya javob qildi.
Shuningdek, Obama, telekanal muxbiriga “tan soqchilarsiz”, erkin sayr qilishni orzu qilishi haqida ham ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Obama uAQSh prezidentligiga ikki bor saylangan. chinchi bor u bu lavozimga saylanish huquqiga ega emas. Obama 2017-yilning yanvar oyida iste’foga chiqadi.