TOShKENT, 12 apr — Sputnik. 2016-yil 1-maydan boshlab Samarqand shahrida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transportlarida yurish yo‘lkira haqi plastik kartochkalar orqali sotib olinadigan maxsus jetonlar vositasida tashkil etiladi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi qarori Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e’lon qilingan.
Jetonlarning sotilishini tashkil etish uchun shahar hududida maxsus sotuv shaxobchalari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Loyiha hujjatida ushbu qaror aholiga qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgani ta’kidlangan.