TOShKENT, 12 apr — Sputnik. 1961 yilda “Pravda Vostoka” gazetasining muxbiri Dimov Geoorgiy Vasilyevich Yuriy Gagarin bilan Toshkent aeroportida bo‘lgan uchrashuvi haqidagi xotiralari asosida.
Toshkentda Gagarinni katta tayorgarlik bilan kutishardi. Ushbu maqsadda hatto ko‘chalar maxsus bayramona chiroqlar bilan bezatilgan edi. Lekin, kutilmaganda, “Gagarin Toshkentga kelmaydi” degan xabar keldi. Buning sababi esa, Gagarinning oldinda turgan Hindiston, Seylon va Afg‘onistonga bo‘lajak safariga muhim siyosiy mavqega ega bo‘lganisababdan Moskvadagi rahbariyat “Toshkent kutib turadi” deb ortga surgan.
1961 yilning noyabr oyida Yuriy Gagarin Hindistonga yo‘l oldi. Uning safari Toshkent orqali o‘tadigan bo‘ldi. Umuman, ittifoq davrida Osiyoning uzoq mamalkatlariga yo‘l olgan barcha davlat rahbarlari Toshkentda to‘xtab o‘tardi. Bir tomondan bunga texnik sabab bo‘lsa – samolyotlarga yonilg‘i quyish va ho kazo, ikkinchi tomondan Toshkentda dam olib, kutib olinayotgan davlatda ayni belgilangan vaqtga yetib borish bo‘lgan. Uchinchidan esa, (tahr.) Toshkentning samimiy sharqona mehmondo‘stligi barchaga xush kelgan.
Men va “Pravda Vostoka”ning foto muxbiri uni aeroportda kutib turardik. O‘zim bilan qizcham Irinani ham birga olgan edim.
Biz birgalikda qorong‘uda turgan samolyotga yaqinlashdik. Samolyot zinapoyasi ustida harbiy kiyim kiygan general-leytenant N.V. Kamanin turardi. U Gagarinning tashriflari uchun javobgar edi.
Kamanin bilan men oldindan tanish edim, chunki u oldin Turkiston Harbiy Okrugi qo‘modoni edi va Toshkentda ishlardi. Men undan do‘stona ravishda Gagarinni samolyotdan tushishini iltimos qildim.
– Yo‘q, yo‘q, bu protokol bo‘yicha mumkin emas, u uxlayapti, Erta togda Delida bo‘lish kerak, uchrashuvlar ko‘p, o‘zing tushunasan, — dedi Kamanin.
Shu vaqt harbiy forma va shinel kiygan Gagarinning o‘zi samolyot eshigidan chiqdi. U toza havodan nafas olib jilmaydi.
- Mayli, dedi Kamanin, faqat deputatlar zaligacha. U yerda kattalardan hech kim bo‘lmaydimi? Ha, yana bir narsa, — dedi general barmog‘i bilan tomog‘ini ko‘rsatib, — bu narsa ham mumkin emas. Hech qanday miting va maqolalar bo‘lmasligi kerak, — dedi.
Keyin Gagaringa qarab, — Yura, pastga tush, bu yerda kichkina qizcha tunda birinchi kosmonavtni kutib olgani kelibdi…– dedi.
Keyin biz Toshkent aeroportining deputatlar zalida choy ichdik. Samolyotdan butun delegatsiya tushib keldi. Aeroport ishchilari, boshqa reyslarda uchayotgan yo‘lovchilar bir zumda qahramonni o‘rab olishdi.
- Meni qutqazganing uchun katta rahmat, dedi Gagarin menga qarab, va kutilmaganda, — Bilasanmi, Toshkent osmondan Rio-de-Janeyroga juda o‘xshaydi, — dedi.
O‘sha tuni Toshkentda tungi bayram chiroqlari yoqilgan edi, balkim shuning uchun u Rioga o‘xshagandir… Balkim, Gagarinning o‘zi Toshkentga kelishni juda istagandir…
Gagarin Hindiston, Seylon va Afg‘onistonga uzoq davom etgan safaridan so‘ng, Toshkentda to‘xtab o‘tdi.
Odamlarda tuzilgan uzuluksiz koridor uni aeroportdan shahar markazigacha olqishlab kuzatib qo‘ydi. Uning kortejini yo‘lagiga millionlab astra va xrizantema gullari tashlandi. Quyoshda qoraygan qo‘llar Gagarinning oyog‘ini yerga tekkizmasdan Navoiy teatri oldidagi maydongacha olib bordi.
Men, keyinchalik, Gagarinning Toshkentga kelishiga Sharof Rashidov o‘z hissasini qo‘shganini eshitdim. U Suslovdan Gagarin ortga qaytish vaqtida Toshkenda to‘xtab o‘tishini iltimos qilgan ekan. Gagarinning o‘zi ham buni juda xoxlagannini men yaxshi bilaman.