O‘zbekiston parlamenti tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Qonunga ko‘ra, parlament qabul qilingan qonunlar ijrosini kuzatish va mamlakat xavfsizligi va rivojlanishiga tahdid solayotgan omillar va voqealar ustidan tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega bo‘ldi.

TOShKENT, 12 apr —Sputnik. O‘zbekiston parlamenti yangi qabul qilingan “Parlament nazorati haqida”gi qonunga binoan, tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega bo‘ldi. Ushbu qonun matni O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolandi va matbuotda seshanba kuni e’lon qilindi.  

Qonun Oliy Majlisning qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yilning 10-mart kuni qabul qilindi, va Senat tomonidan 31-mart kuni tasdiqlanagan edi. Ushbu qonun matbuotda e’lon qilinganidan keyin ishga tushdi.

Yangi qonunga ko‘ra, parlament respublikada qabul qilinagan qonunlar ijrosini nazorat qilish hamda respublika xavfsizligi va rivojlanishiga tahdidi solishi mumkin bo‘lgan omil va voqealar ustidan taftish o‘tkazish huquqiga ega bo‘ldi.

Parlament nazorati faoliyati natijasida hukumat a’zosini istefoga chiqarish haqida O‘zbekiston prezidenti nomiga yuborilgan tavsiyanomalar, davlat tashkilotlariga ular faoliyatining samaradorligini oshirish haqidagi tavsiyanomalar, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish yoki tortmaslik haqidagi tavsiyanomalar berilishi mumkin.

Qonunga ko‘ra, Oliy Majlis palatalari parlament nazorati kengashlari ochiq-oshkora o‘tkaziladi. Kerak bo‘lgan hollarda bunday kengash yopiq eshiklar ortida o‘tkazilishi ham mumkin.

O‘zbekistonda ikki palatali parlament ishlaydi. Qonunchilik palatasi (quyi) 150 deputatdan tashkil topgan bo‘lib ular 5-yilga tanlanadi. Yuqori palata (senat) – 100 kishidan tashkil topgan bo‘lib, barcha viloyat va Qoraqalpog‘iston respublikasidan 6 kishidan tanlanadi. Senatning 16 a’zosi prezident tomonidan belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0