TOShKENT, 12 apr – Sputnik. Tailandda mast holda transport vositasi boshqargan haydovichlar 15 sutkaga o‘likxonaga ishga yuboriladi, RIA Novosti Tailandning Kxao Sot nashri xabariga asosan.
“Songkran bayrami davomida mast holda qo‘lga olingan haydovchilar, sudda aybdor deb topilganda, 15 sutkalik majburiy mehnat bilan jazolanadi. Mastilik oqibati nimalarga olib kelishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari uchun, kasalxona va o‘likxonalarga sanitar sifatida ishlashga yuboriladi”, — dedi polkovnik Kriangdet Chantxaravong, Tailand polsiyasi Bosh boshqarmasi rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i.
Ma’lum bo‘lishicha, Tailandda aprelda nishonlanadigan – Songkran bayrami vaqtida mamlakatda bir necha kun dam olish e’lon qilinadi. Milliy an’anaga ko‘ra ushbu bayramni barcha tirik oila a’zolari bilan birgalikda nishonlash kerak. Shu sababdan katta shaharlarda yashayotgan Tailandliklar o‘z qishlog‘i yoki boshqa shaharlarga yo‘l oladi. Ikkinchidan, bayram tufayli ko‘plab alkogol ichiladi.
Oqibatda ushbu bayram davomida Tailadda juda ko‘p YTH lar sodir bo‘ladi va minglab odamlar qurbon bo‘ladi. Statistikaga ko‘ra ushbu bayram kunlari ichida Tailand yo‘llarida har soatda 2,3 odam halok bo‘ladi, 160 kishi yaralanadi.
Politsiya ta’kidlashicha, qoidabuzarlarni bog‘ga yoki kutubxonalarga ishlashga jo‘natish bilan kerakli natijaga erishib bo‘lmaydi.