O‘zbekistonda “Yulduzcha” bolalar ijrochilik tanlovi tashkil qilindi

© Foto so stranisi proyekta Golos. Deti 2"Golos. Deti" teletanlovi g‘olibi Sabina Mustayeva
Golos. Deti teletanlovi g‘olibi Sabina Mustayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konkurs Rossiyaning 1 kanalida o‘tkazilayotgan “Golos.Deti” konkursiga o‘xshash bo‘lib, u 6-14 yoshli bolalar orasida o‘tkaziladi. Yosh iste’dod egalarining chiqishlarini O‘zbekiston estrada yulduzlari baholaydi. “Tomoshabinlar xush ko‘rgan” qatnashchi nominatsiyasi g‘olibi esa - sms orqali ovoz berish bilan aniqlanadi.

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekistonda “Yulduzcha” nomli yangi musiqali televizion loyha ishga tushirilishi kutilmoqda, Sputnik konkursi tashkilotchilarining xabari asosida.   

Yangi teleloyiha birdaniga uch milliy telekanalda namoyish qilinadi. Telekonkursning dastlabki namoyishi – premyerasi – Yoshlar telekanalida bo‘lib o‘tadi, takroriy namoyishlari esa – “Bolajon” va “Navo” telekanallarida ko‘rsatiladi.

“Bizning konkursda 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar qatnashishi mumkin. Tanlovda qatnashish  tartibi juda oddiy: qatnashishni istagan odam loyihaning rasmiy sayti — ovoz.uz orqali yoki  Yoshlar tashabbusi markazlaridan birida ariza berishi kerak. Ariza bilan birga o‘zi kuylagan qo‘shiqlarning ikkitasini taqdim etish kerak. Konkurs uch nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi: an’anaviy, akademik va estrada qo‘shiqlari nominatsiyalarida”, — dedi Yoshlar tashabbusi markazi vakili.  

Konkurs to‘rt bosqichdan tashkil toopgan: dastlabki kasting, asosiy tanlov bosqichi, yarim final va final gala-konserti. Loyiha tashkilotchilari aytishiga qaraganda, ular aprel oxirida tanlov boshlashga tayor.

Bolalar ijro etgan qo‘shiqlarga o‘zbek estradasining eng yorqin yulduzlari, musiqachilar va madaniyat va san’at arboblari baho berishadi. Har bir yo‘nalish uchun alohida juri belgilanadi.

Loyiha nafaqat shou, balkim qatnashchilar uchun o‘z bilim va imkoniyatlarini kengaytirish maydoniga aylanadi. Respublikaning ko‘zga ko‘ringan hofiz va san’at arboblari tomonidan sahna ustaligi, vokal, akterlik va xoreografiyadan master-klasslar o‘tkazish rejalashtirilgan. Undan tashqari har bir qatnashchi o‘z ustoziga ega bo‘ladi. Ustozlar yosh tanlov qatnashchilariga sahnada o‘zini tutish, u yoki bu qo‘shiqni kuylash uchun qaysi uslubini tanlash kabi masalalarda yordam berishadi.

Qatnashchilar va taklif qilingan yulduzlar birgalikda kuylashi ham nazarda tutilgan.

Tanlov yakunida uch nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar va “Tomoshabinlar xush ko‘rgan” ijrochining nomi e’lon qilinadi. “Tomoshabinlar xush ko‘rgan” ijrochi sms ovoz berish yordamida aniqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0