TOShKENT,11 apr — Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev iste’foga chiqd. O‘zining ushbu qarori haqida u hukumat majlisida va jurnalistlar oldida e’lon qildi.
Sariyev Vazirlar Mahkamasini o‘tgan yilning 2-mayidan boshlab boshchilik qilib kelmoqda.
“Men iste’foga chiqmoqdaman. Prezident bundan xabardor. Bu vaziyatni barqarorlishtirishi kerak. Ushbu lavozim mojaroga sabab bo‘lmasligi kerak”, — dedi Sariyev.
Deputatlar komissiyasi shanba kuni Qirg‘iziston Jogorku Keneshiga mamlakat hukumatiga “ishonchsizlik” bildirishni taklif qilgan edi. Buning sababi Balikchi — Korumdu yo‘lini ta’mirlash vaqtida yo‘l qo‘yilgan “qoidabuzarliklar” bo‘lgan.
Tenderni o‘rganib chiqqan komissiya va Transport vaziri Arginbek Malabayev qoidabuzarliklarda uning o‘rinbosari Ulan Uyezbayev va bosh vazir Sariyevga yaqin bo‘lgan kishilar aybdor deb e’lon qilishdi. Komissiya fikriga ko‘ra, ular tenderda g‘olib chiqqan Xitoy kompaniyasiga xayrxox bo‘lishgan. Shundan keyin komissiyaning bir necha a’zolari bosh vazirning iste’fosini talab qila boshladi.
Parlament koalitsiyasi raisi Chininbay Tursenbekov "madaniyatli mamlakatlarda, bunday holatlarda, odatda, bosh vazir iste’foga chiqadi" degandi.
"Yakshanba kuni bosh vazir Timur Sariyev o‘zining facebook dagi sahifasida komissiyaning ushbu xulosasi bo‘yicha o‘z fikrini bildirgan edi va prezidentga transport vazirini ishdan bo‘shatishni taklif qilgan edi.
Almazbek Atambayev, ushbu voqeadan keyin, Davlat Korrupsiyaga qarshi xizmatidan deputatlar komissiyasi ishini qaytadan tekshirib chiqishni talab qildi.