TOShKENT, 11 apr – Sputnik. Rossiyaning Stavropol viloyati, Novoselisk tumani Tuman IIB binosiga noma’lum xudukush terrorchilar tomonidan hujum uyushtirilgan, viloyat IIB vakili xabariga ko‘ra.
Oxirgi malumotlarga qaraganda, ushbu hujum natijasida tinch aholi va huquqni saqlash organlari xodimlari zarar ko‘rmagan. Faqat uch terrorchi qurbon bo‘lgan. Ulardan biri ayol kishi bo‘lganligi xabar qilinmoqda.
“Novoselisk tumani IIBga hujum uyushtirildi, voqea tafsilotlari aniqlanmoqda”, — dedi viloyat IIB vakili.
RIA Novosti biroz oldin uch xudkush terrorchi Novoselisk tumani IIB yonida o‘zini portlatib yuborganini va umumiy hisobda beshta portlash yuz berganini xabar qilgandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra. Terrorchilar va ularning sheriklri haqidagi ma’lumotlar aniqlanmoqda. Mahalliy musulmon jamoasi rahbarlari bilan suhbat o‘tkazilmoqda.