TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘zbekiston hukumati 1-iyuldan boshlab meva va sabzavotlarni respublikadan avtotransport yordamida olib chiqishga ruxsat berdi. Faqat ushbu transport xalqaro yuk tashish litsenziyasiga ega bo‘lishi kerak. Vazirlar Mahkamasining 1-aprel qarori Lex.uz saytida e’lon qilingan.
Hujjatda aytilishicha, ushbu qaror 2016-yilda meva va sabzavot mahsulotlari eksporti samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, qishloq xo‘jaligining ushbu mahsulotlarini avtomobil transoportida eksport qilish o‘tgan yilning 1-sentabridan boshlab ta’qiqlangan edi. Mahsulotlarni olib chiqish faqat temir yo‘l yoki havo transportida amalga oshirishga tuxsat berilgan edi. Ushbu qaror bojxona rasmiylashtirish jarayoniga oydinlik kiritish va yuklarni chegaradan noqonuniy olib o‘tishga qarshi qaratilgan edi.
Oktabr boshida Vazirlar Mahkamasi avtotransport yordamida kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum mahsulotlari eksportiga ruxsat berdi, lekin faqat maxsus ro‘yxatda bo‘lgan yuridik shaxslarga. Yanvar oxirida ushbu ruxsat 1-iyulgacha uzaytirildi.