Amir Temur xotinlari orasida eng mashhuri Bibi Xonim, yoki Saroy Mulk Xonim bo‘lgan. Saroy Mulk Xonim Chingizxonning nabirasi bo‘lgani uchun, unga uylanganidan keyin Amir Temur Guragon unvoni sazovor bo‘lgan. Amir Temur va Saroy Mulk Xonimning bolalari bo‘lmagan.
Amir Temurning oila a’zolari haqida saqlanib qolgan ma’lumotlar to‘liq emas, shuning uchun faqat tarixda eng yorqin iz qoldirgan xotinlari haqida to‘xtalib o‘tamiz. Biz to‘plagan batafsil malumotni infografikamizdan tomosha qiling.
Sohibqironning xotini Turmush og‘adan tug‘ilgan o‘g‘li Umarshayx Mirzo va nabiralari Ali mirzo, Rustam mirzo, Iskandar Sulton Mirzo, Boyqaro mirzo va boshqalar bo‘lgan.
Dilshod og‘adan o‘g‘li Shoxrux mirzo, Nabirasi Ulug‘bek, Sulton Muhammad va boshqalar dunyoga kelgan.
Menglik Qurbon og‘adan o‘g‘li Mironshoh, nabiralari Muhammad Sulton, Og‘a begim, va boshqalar tug‘ilgan. Amir Temurning chevarasi bo‘lgan o‘zbek shoiri Zahiriddin Muhammad Bobur ham Menglik Qurbon og‘a avlodidan bo‘lgan.
Bu yil Amir Temur tavalludiga 680-yil to‘ldi. O‘zbekiston Amir Temur tavalludi 9-aprel kuni nishonlanadi. Sohibqiron tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar respublikaning barcha hududlarida bo‘lib o‘tdi. Sahifamizda bunga bag‘ishlangan fotolavhamizni ham tomosha qilishingiz mumkin.