Jon Kerri e’lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishAQSh Davlat kotibi Jon Kerri
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qobulga uyushtirgan tashrifi davomida AQSh davlat kotibi mamlakat prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani va Afg‘oniston Bosh vaziri Abdulla Abdulla bilan uchrashadi.

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri shanba kuni Afg‘oniston poytaxti Qobulga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi, deb xabar bermoqda Reyter  agentligi AQSh Davlat departamentidagi manbadan olingan xabar asosida. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Agentlik xabariga ko‘ra, AQSh Davlat kotibi o‘z tashrifi davomida afg‘on hukumati rahbarlari, jumladan, mamlakat prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani va Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Bundan bir kun oldin Kerri e’lon qilinmagan tashrif bilan Iroq poytaxti Bag‘dod shahriga borgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Iroqda u mamlakat Bosh vaziri Haydar al-Abadiy va Iroq TIV rahbari Ibrohim al-Jafariy bilan uchrashib, "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga qarshi muzokaralar o‘tkazgan.

Yangiliklar lentasi
0