O‘zbekiston TIVda AQSh davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

© MID UzbekistanaO‘zbekiston TIV rahbari Kamilov AQSh Davlat departamenti vakili bilan uchrashdi
O‘zbekiston TIV rahbari Kamilov AQSh Davlat departamenti vakili bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yilning 9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha AQSh Davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari Daniyel Rozenblumni qabul qildi.

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. 2016 yilning 9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha AQSh Davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari Daniyel Rozenblumni qabul qildi, deb xabar qiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holatlari va istiqbollari, jumladan, O‘zbekiston-AQSh siyosiy maslahatlashuvlari va O‘zbekiston delegatsiyasining 2016-yil yanvar oyida Vashington shahrida o‘tkazgan muzokaralari natijalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni barqaror rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Suhbatda AQSh elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0