TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Kaliforniyada vujudga kelgan yong‘in fonida o‘zini suratga olgan AQSh fuqarosi 20-yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Unga shuningdek, 60 million dollar jarima belgilangan, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
AQSh fuqarosi bo‘lmish Ueyn Allen Xantsmen juma kuni o‘rmonzorlarga o‘t qo‘yganligi va davlat mulkini yo‘q qilganligi to‘g‘risida o‘ziga qo‘yilgan aybni tan oldi, bunga qadar u Kaliforniyada vujudga kelgan kuchli yong‘inga aloqadorligini inkor etib kelayotgan edi.
Gap shundaki, Xantsman o‘zini yong‘in orasidan olib chiqayotgan erkakka o‘zining ikkita gulxan orasida tushgan “selfisini” ko‘rsatgach, politsiyachilar “nazariga” tushgan edi. Noma’lum erkak, darhol ushbu “selfini” o‘z telefoniga ko‘chirib olib, suratni huquqni muhofaza qilish organlariga topshiradi. Oradan bir necha kun o‘tgach Xantsman hibsga olingan, deb xabar qilmoqda agentlik.
2014 yilda Kaliforniyada ro‘y bergan yong‘inni bartaraf etish uchun qariyb bir ooy vaqt talab etilgan. Tabiiy ofat natijasida 100 akr o‘rmonzolar yo‘q qilingan, 12 ta turar joylar va 100ga yaqin boshqa obyektlar yonib kulga aylangan.